«Arsenal» darvozaboni bilan xayrlashadi

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Aleks Kruk xabar bermoqda.
«Kanonirlar» 32 yoshli ispaniyalik posbon o'rniga nomzod topib bo'lishgan — David Rayyaning yangi o'rinbosari sifatida Ilan Mele ko'rilmoqda. Jamoaning yosh darvozaboni Tommi Setford esa tajriba to'plashi uchun ijaraga berib yuborilishi kutilyapti.
Ma'lumot uchun: Kepa Arrisabalaga o'tgan yilning yozida «Chelsi»dan qariyb 6 million evro evaziga «Arsenal»ga o'tgan edi. U yakunlangan mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol o'tkazib yubordi va 4 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar