«Arsenal»dan yangi strategiya: Klub yangi transfer maqsadini belgiladi

Londonning «Arsenal» klubi shov-shuvli transferni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda. «Kanonirlar» o'z strategiyasini o'zgartirishni rejalashtirmoqda: klubda ingliz futbolchilaridan iborat mustahkam o'zak yaratish niyatidalar, deb xabar beradi Football Transfers.
«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon asosiy maqsad sifatida belgilangan. Rasmiy taklif mavsum yakunlanganidan keyin yuborilishi kutilmoqda. «Qarg'alar» o'z yulduzi bilan xayrlashish niyatida emas, biroq jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmagan taqdirda, sotuv masalasini ko'rib chiqishga majbur bo'lishi mumkin.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, Entoni Gordonning bozor qiymati 60 mln evroni tashkil etadi. Angliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisiga «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirmoqda.