"Arsenal"da eng katta maoshni kim oladi?

Transfermarkt portali qiziqarli reyting bilan bo'lishdi. Unda Londonning "Arsenal" klubi futbolchilarining yillik maoshi ko'rsatilgan.
Birinchi o'rin - jarohat olgan Kay Xavertsga tegishli. 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bilan nemis yiliga 16,9 million evro maosh oladi. Ikkinchi o'rinda klubning yana bir jarohat olgan hujumchisi Gabriel Jezus, 16 mln evro maosh. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlar Martin Edegor va Deklan Raysga tegishli bo'lib, ularning har biri yiliga 14,5 mln evrodan maosh oladi. Kuchli beshlikni Viktor Dyokeresh, 12 mln evro bilan yopdi.
Reytingda 19-o'rinni yozda sotib olingan yangi futbolchilardan biri, yarim himoyachi Martin Subimendi egallab turibdi, u yiliga atigi 4,5 million evro maosh oladi. 20-o'rinni klubning yangi darvozaboni Kepa Arrisabalaga egalladi, u ham 4,5 mln evro maosh oladi.