"Arsenal"da asosiy hujumchi tanlandi

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Kay Xaverts jarohatini davolatgach, jamoaning asosiy forvardiga aylanishi kutilmoqda.
26 yoshli futbolchi mavsum boshidayoq safdan chiqqan edi. Rejaga ko'ra, germaniyalik futbolchi Rojdestvoga qadar maydonga qaytishi mumkin. Daily Mail xabariga ko'ra, "kanonirlar" etakchisi Mikel Arteta Xavertsni asosiy tarkibda ko'rmoqda. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, aynan Kay ispaniyalik murabbiyning markaziy hujumchi pozitsiyasidagi birinchi tanlovi bo'ladi.
O'tgan yozda "Arsenal" Lissabonning "Sporting" klubidan Viktor Dokeresh transferi uchun 65 mln evrodan ko'proq to'lab sotib olgandi, ammo shvetsiyalik hozircha o'zini unchalik yorqin ko'rsatmayapti.