«Arsenal» chempionlik paradi uchun sanani tanlab bo'ldi

Futbolchi va murabbiylar muvaffaqiyatni muddatidan oldin nishonlashni yoqtirishmaydi, ammo klublar bunday tadbirlarni avvaldan rejalashtirishi shart. Daily Mail ma'lumotlariga ko'ra, «Arsenal» chempionlik paradini 31 may kuniga belgilagan.
Agar Mikel Arteta jamoasi Premer-liga va yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, ushbu parad o'tkaziladi.
«Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo'lish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. Hozirda jamoa «Manchester Siti»dan 5 ochko oldinda, ammo raqibdan bitta ko'p o'yin o'tkazgan.
Chempionlar ligasiga kelsak, yaqinda «kanonirlar» «Atletiko» to'sig'idan o'tib, finalga yo'l olishdi. U erda londonliklarga «PSJ» raqiblik qiladi.