"Arsenal" Chempionlar ligasida shaxsiy rekordini o'rnatdi

Chempionlar ligasida yangi mavsumni Bilbaoda "Atletik" ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshlagan Londonning "Arsenal" klubi guruh bosqichining ikkinchi o'yinida Gretsiyaning "Olimpiakos" klubini mag'lub etdi.
Bu degani, londonliklar guruh bosqichida ketma-ket oltita o'yinda g'alaba qozonishdi - o'tgan mavsumni ham qo'shganda, albatta. Bu ko'rsatkich "Arsenal" uchun Chempionlar Ligasidagi ketma-ket 6 g'alabadan iborat yangi rekorddir. Bungacha klub Evropaning eng nufuzli klub turnirida ketma-ket bunchalik ko'p g'alabaga erishmagandi.
Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Arsenal" o'z maydonida boshqa bir "Atletiko"ni qabul qiladi.