«Arsenal» chap qanot hujumini kuchaytirish uchun ikki nomzoddan birini tanlaydi

Londonning «Arsenal» klubi chap qanot vingeri pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, jamoa uchun ustuvor nomzodlar sifatida «PSJ» a'zosi Bredli Barkola va «Aston Villa» futbolchisi Morgan Rojers belgilangan. Ushbu ehtimoliy transferlar Gabriel Martinelli va Leandro Trossarning sotib yuborilishiga bog'liq bo'ladi.
Barkolya va Rodjers turli uslubdagi futbolchilar bo'lgani bois, klub har ikkisini ham sotib olishi istisno etilmayapti. Biroq bunday vaziyatda «kanonirlar» 200 million evrodan ko'proq mablag' sarflashlariga to'g'ri keladi.
Transfermarkt portali frantsiyalik futbolchining bahosini 70 million evro, ingliz futbolchisining narxini esa 90 million evro etib belgilagan. Ayni damda har ikki o'yinchi ham 23 yoshda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar