"Arsenal" butun Evropaga jiddiy xabar yubordi"

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Pol Merson Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida o'z maydonida Myunxenning "Bavariya" klubi ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Unda "kanonirlar" 3:1 hisobida myunxenliklarni engdi.
"Arsenal" butun Evropaga jiddiy chaqiriq bilan chiqdi. "Bavariya" joriy mavsumda o'zini juda yaxshi ko'rsatmoqda, ammo bugungi o'yinda "kanonirlar" shunchaki zo'r o'ynashdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida myunxenliklar shok holatiga tushib qolishdi," - deya Mersonning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Mikel Arteta shogirdlari Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida qatorasiga beshta g'alabaga erishdi. 15 ochko to'plagan londonliklar turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.