«Arsenal» «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes bilan shartnoma imzolashga urinishlarni davom ettiradi.

Avvalroq londonliklarga braziliyalik futbolchini 55 million funt evaziga sotishmagani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. Muzokaralar davomida 28 yoshli futbolchining vakillari 60 million funt miqdoridagi summani ma'lum qilishgan.

O'tgan mavsumda Gimaraes APLning 29 ta o'yinida 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz