«Arsenal» Bruno Gimaraesni qanchaga sotib olishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

«Arsenal» «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes transferi bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar beradi.
Londonliklar futbolchi bo'yicha rasmiy taklif tayyorlashmoqda. «To'pchilar» Bruno transferini 93 million evro evaziga hal qila olamiz, deb hisoblashmoqda.
Shunga qaramay, «Nyukasl» o'z pozitsiyasida qat'iy turibdi. «Qarg'alar» futbolchini bunday summaga sotishni rejalashtirmayapti — klub uning narxini 117 million evro qilib belgilagan. Bruno Gimaraesning o'zi esa «Arsenal»ga o'tishga tayyor va londonliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar