Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl» bilan yarim himoyachi Bruno Gimaraes transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

«Kanonirlar» «qarg'alar»ga yaxshilangan taklif bilan chiqishdi: London klubi 80 million evro va futbolchining muvaffaqiyatlariga bog'liq bo'lgan yana 5 million evro bonus to'lashga tayyor, deb xabar beradi RTI Esporte. Avvalroq braziliyalik futbolchining o'zi ham Angliyaning amaldagi chempioni safiga ko'chib o'tish istagida ekani haqida xabar berilgan edi.

Transfermarkt talqiniga ko'ra, Bruno Gimaraesning bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi, xavbekning amaldagi shartnomasi esa 2028 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi «Nyukasl» safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz