"Arsenal" braziliyalik yulduzi bilan yuqori maosh sabab yangi shartnoma imzolamaydi

«Arsenal»ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus jamoani tark etadi. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «kanonirlar» rahbariyati 28 yoshli futbolchining maoshi yuqoriligi sababli u bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Xabar qilinishicha, «Arsenal» tarkibida yaqin orada katta o'zgarishlar kutilmoqda.
Joriy mavsumda Jezus barcha musobaqalarda jami 21 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Gabriel Jezusning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari hujumchining transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.