«Arsenal» Braziliya terma jamoasi a'zosi uchun 60 million evrodan ko'proq mablag' taklif qildi

Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl» hamda Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni sotib olish ustida ish olib bormoqda.
«To'pchilar» 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 55 million funt sterling (deyarli 64 million evro) taklif qilishdi, biroq «qarg'alar» bu taklifga rad javobini berishdi, deb xabar tarqatmoqda Globo. Poytaxt grandi rahbariyati yangi taklif bilan yana qaytishiga shama qilib ulgurdi.
Bruno Gimaraesning o'zi muzokaralar jarayoniga deyarli aralashmayapti — u bor e'tiborini Jahon chempionatiga qaratgan. Transfermarkt portali braziliyalik xavbekning transfer bahosini 70 million evroga baholamoqda. Futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar