«Arsenal» «Bornmut»ning 19 yoshli hujumchisi Eli Krupini kuzatib borayotgan Evropaning etakchi klublaridan biri bo'lib turibdi. Shuningdek, hujumchiga «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchining shartnomasida shartnomani muddatidan oldin bekor qilish (tovon puli) haqidagi band mavjud emas. 2025 yilning fevral oyida «Bornmut» Krupini «Loryan»dan 10 million funt sterlingga (11,6 million evro) sotib olgan edi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Krupining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.