"Arsenal" "Bayer" yulduzi bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazadi

"Bayer" markaziy himoyachisi Pero Inkape Londonning "Arsenal" klubining transfer maqsadlari qatorida qolmoqda.
Ekvadorlik "dorishunoslar" safini tark etishga qaror qildi va Angliya top-klubiga o'tishni talab qilmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, juma kuni ertalab "Bayer" va "Arsenal" 23 yoshli futbolchi bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazadi. "Kanonirlar" sotib olish sharti bilan ijarani talab qilmoqda, "Bayer" esa tovon puli bandi bo'yicha futbolchini to'g'ridan-to'g'ri 60 million evroga sotishni kutmoqda.
Pero Inkapiega "Tottenxem" va "Chelsi" ham qiziqish bildirgan. Transfermarkt saytida uning narxi - 50 mln evro.