"Arsenal" "Bayer" bilan to'liq kelishib oldi

Pero Inkapie "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.
Ingliz klubi 23 yoshli markaziy himoyachini olish borasida "Bayer" bilan deyarli kelishib bo'lgan.
Qayd etilishicha, nemis klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga berishga rozi bo'lgan.
Bu mavsumda Pero Inkape "Bayer" safida Bundesliga yangi mavsumining 1-turida "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinda (1:2) to'liq 90 daqiqa o'ynadi.