"Arsenal" "Bavariya"ning Martinelli bo'yicha taklifini rad etgan

Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transfer oynasida "Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rgan. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, nemis grandi londonliklarga 30-35 million evro taklif qilgan. "Arsenal"ga bu taklif umuman yoqmagan va u rad etilgan.
"Bavariya" chap qanot vingeri pozitsiyasiga oxir-oqibat "Liverpul"dan Luis Diasni sotib oldi.