"Arsenal" "Bavariya" futbolchisi uchun kurashda peshqadam

"Bavariya" markaziy yarim himoyachisi Leon Goretska joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.
Bild nashri xabariga ko'ra, hozirda 31 yoshli nemis uchun poygada "Arsenal" boshqa jamoalardan oldinda bo'lib turibdi.
Avvalroq Goretskaga "Atletiko" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Leon joriy mavsumda jami 33 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist berdi.