"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan "Bavariya"ga (3:1) qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

26 yoshli ingliz 90 daqiqa o'ynadi, 11,9 km masofani bosib o'tdi va uning paslari aniqligi 81 foizni tashkil etdi.

"Arsenal" 5 o'yinda 5 g'alabaga erishdi va Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida peshqadamlik qilmoqda. "Bavariya" 12 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.