«Arsenal» «Barselona»ga Salibaning narxini ma'lum qildi

«Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba boshqa klublarning e'tiborini tortishda davom etmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning bergan ma'lumotiga ko'ra, frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun kurashga «Barselona» ham qo'shilgan. «Ko'k-anorranglilar» anchadan beri o'yinchi atrofidagi vaziyatni kuzatib kelayotgan «Real Madrid» va «PSJ» klublari qatoridan joy oldi. «Kanonirlar» esa o'z himoyachisini qo'yvorishni istashmayapti — London klubi Salibani 150 million evrodan kamiga qo'yib yubormaydi.
Vilyam Saliba 2019 yilda «Sent-Eten»dan «Arsenal»ga 30 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda frantsiyalik himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar