«Arsenal» «Barselona»ga Dyokeresh uchun so'ralayotgan narxni ma'lum qildi

«Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
ElNacional.cat ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» shvetsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Kataloniya klubi transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchining transferini rasmiylashtirmoqchi. «Kanonirlar» o'z futbolchisini sotishga tayyor, «Arsenal» Dyokereshni sotishdan 60 million evro ishlab olmoqchi.
Viktor Dyokeresh 2025 yilda «Sporting»dan «Arsenal»ga 67 million evro evaziga o'tgan edi. Uning «kanonirlar» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi London klubi safida barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Dyokereshning narxini 65 million evro deb baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar