«Arsenal» hozircha «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkolani transfer qilish bo'yicha yangi qadamlar tashlagani yo'q. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, Morgan Rojers uchun kurashdagi omadsizlikdan so'ng, «kanonchilar» Frantsiya klubi bilan aloqaga chiqishmagan. Shu bilan birga, 23 yoshli futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirishda davom etmoqda. Mersisaydliklar vaziyatni kuzatishmoqda va agar «PSJ» Barkolani maqbul narx evaziga sotishga rozi bo'lsa, muzokaralarni faollashtirishga tayyor.

Avvalroq frantsiyalik futbolchi o'z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni Jahon chempionati yakunlanganidan keyin qabul qilish niyatida ekani xabar qilingandi.

Manba: Stadion.uz