"Arsenal" bu mavsumda 20-marta gol o'tkazib yubormadi.

Mikel Arteta jamoasi Liga kubogi yarim finalida "Chelsi"ni mag'lub etdi – 1:0.

"Kanonirlar" joriy mavsumda jami 38 ta o'yin o'tkazishdi va ularning 20 tasida raqiblar gol ura olishmadi.

Mikel Arteta davrida bundan ko'p "quruq" o'yinlar (23 ta) faqat 2023-24 yilgi mavsumda qayd etilgan edi.