«Arsenal» Arauxoni olib kelmoqchi

Lissabonning «Sporting» klubi chap qanot himoyachisi Maksimiliano Arauxo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Record nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, «kanonirlar» urugvaylik futbolchining transferi bo'yicha Portugaliya klubi bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan.
Maksimiliano Arauxo 2024 yilda Meksikaning «Toluka» klubidan 13 million evro evaziga «Sporting» safiga kelib qo'shilgan edi. Uning lissabonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda urugvaylik himoyachi barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million evroga baholamoqda.