"Arsenal" APLga rasmiy so'rov yubordi

“Arsenal” klubi Premer-liga 17-turi doirasidagi “Everton”ga qarshi uchrashuvni bir kun oldinga — 20 dekabr soat 20:00 ga (TShV - 00:00) ko'chirish haqida rasmiy so'rov yo'lladi.
Bu qarorning sababi — jamoa uch kunda ikki marta maydonga tushish ehtimolini oldini olishni istamoqda.
Ma'lumot uchun, “Kristal Pelas”ga qarshi Liga kubogi uchrashuvi 23 dekabr kuniga ko'chirilgan, shu bois “Arsenal” taqvimdagi yuklamani engillashtirishga harakat qilmoqda.