"Arsenal" yarim himoyachi Maks Douman 16 yoshga to'lishi bilan u bilan ilk professional shartnomani imzolamoqchi.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" u bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Douman jahon miqyosidagi potentsial yulduz futbolchi hisoblanadi.

Avvalroq, u "Arsenal" safida APL 2-turidan o'rin olgan "Lids"ga (5:0) qarshi o'yinda debyut qilgani xabar qilingandi.