Angliya terma jamoasi va Birmingemning «Aston Villa» klubi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers Londonning «Arsenal» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda kechmoqda. Potentsial bitim summasi taxminan 100 million evroni tashkil etishi mumkin. «Kanonirlar» Rodjersning o'zi bilan 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashni rejalashtirmoqda.

Premer-liganing o'tgan mavsumida 23 yoshli vinger 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Morgan 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz