«Real Sosedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlar doirasiga tushdi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «kanonirlar» uchun ustuvor variant Madridning «Atletiko» klubidan Xulian Alvares bo'lib qolmoqda, biroq argentinalik futbolchini o'z tomoniga og'dirib olish qiyin kechadi, shu bois ingliz grandi rahbariyati ispan futbolchisini ham kuzatib bormoqda. 29 yoshli futbolchi «Real Sosedad»da baxtli, ammo jamoani o'zgartirish imkoniyatini ham istisno qilmaydi.

Oyarsabal bilan shartnomaga 75 million evro miqdoridagi tovon puli kiritilgan, Transfermarkt portali esa hujumchining qiymatini 25 million evroga baholamoqda. Yaqinda Mikel Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi.

Manba: Stadion.uz