"Arsenal" afsonasi Dyokereshning sermahsulligi haqida prognoz berdi

Londonning "Arsenal" klubi sobiq darvozaboni Devid Simen hujumchi Viktor Dyokeresh haqida fikr bildirdi.
Yaqinda shvetsiyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o'yinda (4:0) dubl qayd etib, golsiz seriyani to'xtatdi.
"Viktor jamoaga, yangi jamoadoshlariga, Premer-liga tempiga ko'nikmoqda. Yuqorida ko'rganimizdek, u kuch uslubida o'ynashni yaxshi ko'radi - shunchaki unga vaqt bering. U borgan sari yaxshi ko'rinmoqda, o'ziga kelmoqda va ishonchim komilki, u tez orada ko'proq gol ura boshlaydi," - deya Simenning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.
Dyokeresh "Arsenal"ga o'tgan yozda Lissabonning "Sporting" klubidan ko'chib o'tgan edi.