"Arsenal" A Seriya yulduzi uchun 100 million evro tayyorladi

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin. Avval xabar berganimizdek, "kanonirlar" allaqachon "keksa sinora"ning 20 yoshli yulduzining agenti bilan aloqa o'rnatgan.
La Repubblica xabariga ko'ra, ingliz grandi turk uchun taklif tayyorlamoqda. "Yuventus" o'z etakchisining narxini taxminan 97 mln evroga baholamoqda.
Kenan Yildiz joriy mavsum "Byankonerilar" safida 17 ta o'yinda 5 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. Shanba kuni hujumchi Luchano Spalletti jamoasiga "Kalyari"ni mag'lub etishda yordam berdi (2:1) va bahsda dubl qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.