«Arsenal» 8 ta evrokubok finalidan 6 tasida mag'lub bo'ldi. 32 yildirki, g'alaba yo'q

«Arsenal» o'z tarixidagi sakkizta evrokubok finalidan oltitasida mag'lubiyatga uchradi.
Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi hal qiluvchi bahsida «PSJ»ga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar seriyasida 3:4).
Bu «kanonirlar»ning Chempionlar ligasidagi ikkinchi mag'lubiyati. Birinchisi 2006 yilda «Barselona»dan uchralgan edi (1:2).
Shuningdek, «Arsenal» Kubok egalari kubogi (1980, 1995) va UEFA Kubogi/Evropa ligasi (2000, 2019) finallarida ikkitadan mag'lubiyatga uchragan.
Yagona g'alabalar 1970 yilgi Yarmarkalar kubogi finalida «Anderlext» ustidan (1:3, 3:0) va 1994 yilgi Kubok egalari kubogi finalida «Parma» ustidan (1:0) qozonilgan.