"Bayer" himoyachisi Pero Inkape klubini o'zgartirmoqchi va bu haqda rahbariyatga ma'lum qilgan. "Dorishunoslar" 23 yoshli ekvadorlik futbolchini saqlab qolishni istashadi, ammo uning shartnomasida 60 million evrolik tovon puli bor. Inkape tomoni bu summani kamaytirishga harakat qilmoqda.

The Athletic xabariga ko'ra, Inkapening o'zi "Arsenal"ga o'tishni afzal ko'rmoqda. Londonliklar transfer harakatlarini kuchaytirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, so'nggi vaqtlarda Pero Inkape nafaqat "Arsenal", balki Premer-liganing yana ikki klubi - "Chelsi" va "Tottenxem" e'tiborida bo'lib turgani aytilgan edi.

Inkapening asosiy pozitsiyasi - markaziy himoyachi. Ekvadorlik futbolchi chap qanot himoyasida ham o'ynay oladi.