«Arsenal» 2018 yildan buyon ilk bor Angliya liga kubogi finaliga chiqdi

«Arsenal» 2018 yildan buyon ilk bor Angliya liga kubogi finaliga chiqdi.
Mikel Arteta jamoasi yarim final javob bahsida «Chelsi»ni mag'lub etdi (1:0) va hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
«Kanonirlar» o'z tarixida 9-marotaba finalda o'ynaydigan bo'lishdi — faqat «Liverpul» (15), «Manchester Yunayted» (10) va «Chelsi» (10) bu borada yaxshiroq natijaga ega. «Manchester Siti», «Tottenxem» va «Aston Villa» hisobida ham 9 tadan final bor.
«Arsenal» 1993 yildan beri ushbu sovrinni qo'lga kirita olmayapti.