«Arsenal» 2012 yildan buyon APL doirasida «Liverpul»ni «Enfild»da mag'lub eta olmayapti

Angliya Premer-ligasining 3-turida "Liverpul" Dominik Soboslaining yagona goli evaziga "Arsenal"ni mag'lub etdi va "Enfild"da "kanonirlar"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
"Arsenal" so'nggi bor bu stadionda APL doirasida 2012 yilning 2 sentyabr kuni g'alaba qozongandi. Shundan so'ng, "kanonirlar" ushbu stadionda 8 ta mag'lubiyat va shuncha durang qayd etdi.
Shuningdek, kechagi bellashuv so'nggi yillarda har ikki jamoa o'zaro o'yinlarda qayd etayotgan yuqori natijadorlikka barham bergani bilan ajralib turdi. Masalan, o'tgan mavsumdagi ikkala o'yin ham 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangandi.