"Arsenal" 20 yil ichida birinchi marta Chempionlar Ligasining dastlabki 5 o'yinida g'alaba qozondi.

Bugun Mikel Arteta jamoasi musobaqa umumiy bosqichining 5-turida "Bavariya"ni (3:1) mag'lub etdi.

EChLning dastlabki 5 o'yinida "kanonirlar" 2005/06 yilgi mavsumdan beri birinchi marta 5 ta g'alabaga erishdi. O'shanda klub yagona marta turnir finaliga chiqqan, ammo "Barselona"ga yutqazgan (1:2).

Shuningdek, "Arsenal" EChLning joriy mavsumida yuz foizlik natija qayd etgan yagona jamoaga aylandi.