"Arsenal" dekabr oyi boshidan beri yutqazmayapti.

Mikel Arteta jamoasi Angliya Liga Kubogi yarim final dastlabki o'yinida "Chelsi"ni mag'lub etdi (3:2).

"Kanonirlar" so'nggi bor "Aston Villa"ga mag'lubiyatga uchragandi (oltinchi dekabr kuni 1:2). O'shandan beri londonliklar 8 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etishdi.

17 yanvar kuni "Arsenal" "Nottingem Forest" bilan, 20 yanvar kuni "Inter" bilan, 25 yanvar kuni "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydi.