Arsen Venger: «Arsenal» joriy mavsumda APL chempioni bo'ladimi? Albatta»

Londonning “Arsenal” jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda FIFAning texnik tadqiqot guruhi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Arsen Venger jamoaning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Ayni vaqtda “kanonirlar” Angliya premer-ligasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
— “Arsenal” mavsum oxirida chempion bo'ladimi? Albatta, shubhasiz. Men har yili shunday deyishim mumkin, deb aytishingiz mumkin, ammo bu mavsumda ular etarlicha kuchli jamoa bo'lib, har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladi, — dedi Venger.
— O'tgan mavsumda ular Kay Haverts va Bukayo Sakani yo'qotganida bu juda sezilarli bo'lgan edi. Ammo endi jamoada Noni Madueke, Eberechi Eze, Gabriel Martinelli va Leandro Trossard bor. Himoyada Kristian Moskera o'ynayapti, qanotlar va markazda rotatsiya imkoniyatlari ko'p. Maylz Lyuis-Skelli hozircha jamoaga to'liq moslasha olmayapti, ammo u Angliya terma jamoasi a'zosi, — dedi afsonaviy murabbiy.