Arne Slot rahbariyat bilan aloqalari haqida gapirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot klub rahbariyati bilan bo'lgan munosabatlari haqida o'z fikrini bildirdi.
«Liverpul»dagi barcha bilan qarashlarimiz bir xil. Men xo'jayinlar, Richard va Maykl haqida gapiryapman. Har birimiz ko'z o'ngimizda sodir bo'layotgan voqealarni ko'rib turibmiz. Barchamiz nima bo'layotganini tushunamiz va buning sabablarini bilamiz», — deya Slotning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
«Liverpul» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Klub hisobida 31 turdan so'ng 49 ochko mavjud.
Shanba kuni, 11 aprel sanasida «Liverpul» o'z maydonida «Fulxem»ni qabul qiladi. 32-tur doirasidagi ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.