Arnautovich Avstriya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Marko Arnautovich 45 ta gol bilan Avstriya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
"Tsrvena Zvezda"ning 36 yoshli hujumchisi JCh-2026 saralashi doirasida San-Marinoga qarshi o'yinda (10:0) 4 ta gol urib, 44 ta golli Toni Polsterdan o'zib ketdi.