“Krasnodar” va Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Eduard Spertsyan Ispaniya chempionatiga jo'nab ketishi mumkin, deya xabar bermoqda Armenie Football jurnalistlari.

Manba bergan xabarga ko'ra, 25 yoshli yarim himoyachi Madridning "Atletiko" jamoasining e'tiborini tortgan.

“Matraschilar” Spertsyan vakillari bilan bog'lanib, dastlabki muzokaralar olib borishdi. "Krasnodar" klubi hozircha ispan tomondan hech qanday taklif olmagan.

Avvalroq, “buqalar” Eduardni “Sautgempton”ga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.