Eduard Spertsyan Angliyaga o'tishdan bosh tortdi.

Metaratings.ru xabariga ko'ra, Chempionship klublaridan biri «Krasnodar» yarim himoyachisining vakillariga murojaat qilib, transfer uchun taxminan 20 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq futbolchining tomoni bunga rad javobini berdi, chunki Spertsyan Angliyaning ikkinchi darajali divizionida to'p surishni istamaydi.

Ta'kidlanishicha, yarim himoyachini APLga chiqish vazifasi ostida o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lishgan.

RPL o'tgan mavsumida Spertsyan 30 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.