Arias Kolumbiyaning jahon chempionatidan chiqib ketganiga munosabat bildirdi

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jon Arias JCh-2026dan chiqib ketganlaridan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. 1/8 final bosqichida Janubiy Amerika vakillari Shveytsariya jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (0:0, penaltilar bo'yicha 3:4).
«Bu juda og'ir zarba bo'ldi. Bu kun o'zgarishlarning boshlanishi bo'lishini istardim. Bizda oxirigacha etib borish uchun imkoniyatlar bor edi. Ammo bu safar nimadir etishmadi. Keyingi to'rt yil ichida kerakli tuzatishlarni kiritamiz va navbatdagi mundialda butun yo'lni bosib o'tishga harakat qilamiz», - deya yarim himoyachining so'zlarini Globo nashri keltirmoqda.
Chorak finalda Shveytsariya Argentina terma jamoasi bilan to'qnash keladi. O'yin 12 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar