Argentinani Jahon chempioni qilgan murabbiy «Real»ga kelishi mumkin

Madridning "Real" klubi jamoani yozda qabul qilib oladigan murabbiy bo'yicha ish olib bormoqda.
Ispaniyalik jurnalist Abraxam Romero ma'lumotiga ko'ra, "qirollik klubi" hozirda Argentina terma jamoasini boshqarayotgan Lionel Skalonini nomzodlar orasiga kiritgan. Klub 47 yoshli mutaxassisga JCh-2026 yakunlanganidan so'ng taklif bilan chiqishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, Skaloni "albiselesta"ni 2022 yilgi jahon chempionatida g'oliblikka etaklagan. Uning shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo'ljallangan.