Argentinalik hujumchi "Barselona" e'tiborini tortdi

«Barselona» Liga 1dan yangi hujumchi topdi.
Manbaning xabar berishicha, Kataloniya klubi «Strasbur» a'zosi Xoakin Panichelliga qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi futbolchi uchun yuqori narx belgiladi. Klub hujumchini 50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Shuningdek, futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsumda Xoakin Panichelli «Strasbur» safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda hujumchi 18 ta gol va to'rtta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.