Argentina va Ispaniya terma jamoalari JCh-2026 finalida o'zaro kuch sinashadi.

Argentinaliklar yarim finalda Angliyani (2:1), ispanlar esa Frantsiyani (2:0) mag'lub etishdi.

JCh-2026 finali 19 iyul kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Bu Argentina va Ispaniyaning Jahon chempionati pley-off bosqichidagi tarixda ilk bor uchrashuvi bo'ladi.

Umuman olganda, terma jamoalarning rasmiy turnirlaridagi ikkinchi to'qnashuvidir. 1966 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida jamoalar o'zaro o'ynagan va unda argentinaliklar g'alaba qozonishgan (2:1).

Shuningdek, jamoalar 13 ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgan (Ispaniyaning 6 ta g'alabasi, Argentinaning 5 ta g'alabasi va 2 ta durang).

Ta'kidlash joizki, joriy yilning mart oyida Argentina va Ispaniya Amerika Kubogi sohibi hamda Evropa chempioni o'rtasidagi Finalissima doirasida uchrashishi kerak edi. Biroq yakunda o'yin bekor qilingan edi.

Manba: Stadion.uz