Argentina terma jamoasida Messi ketganidan keyin yangi o'ninchi raqam tanlandi

Lionel Messi Argentina terma jamoasining Ekvadorga qarshi bo'lajak o'yinida maydonga tushmaydi.
O'tgan safar Venesuelaga qarshi kechgan bahsda 38 yoshli forvard dubl qayd etib, mahalliy tomoshabinlar bilan xayrlashdi - bu afsona uchun "albiseleste"ning Argentinadagi so'nggi rasmiy o'yini bo'ldi. Leo Ekvador bilan o'yinga bormadi - murabbiy yoshi katta yulduzga dam berishga qaror qildi. Jurnalist Leandro Alvesning ma'lum qilishicha, Messining raqamini Madridning "Atletiko" klubi vakili Tyago Almada oladi.
Almada Argentina terma jamoasi safida 11 ta o'yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.