Argentina terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichidan ishonchli tarzda o'tib, pley-offga yo'l oldi. Musobaqaning 1/16 finalida amaldagi chempionlar Kabo-Verde milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Bo'lajak uchrashuvdan kutilayotgan fikrlari bilan «albiseleste» ustozi Lionel Skaloni o'rtoqlashdi.

«Kabo-Verde — yaxshi terma jamoa, ularning ko'rsatgan natijasi meni ajablantirmayapti. Bu Ispaniya va Urugvayga muammo tug'dira olgan qiyin raqib. Ularning safida tezkor va yuqori mahoratli futbolchilar bor», — deya 48 yoshli mutaxassisning so'zlarini milliy terma jamoa matbuot xizmati keltirmoqda.

Argentina va Kabo-Verde o'rtasidagi uchrashuv 4 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz