2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Argentina terma jamoasi Shveytsariyani mag'lub etdi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.

«TsIFROSKOP» telegram-kanali xabar berishicha, argentinaliklar jahon chempionatlarida ettinchi marta 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha amaldagi chempion (Argentina) etakchilar — Ispaniya va Braziliya bilan tenglashdi, ular ham o'z vaqtida etti martadan shunday hisobda zafar quchishgan.

Yarim finalda Lionel Skaloni shogirdlari Angliya terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 15 iyul, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi (14 iyul).

Manba: Stadion.uz