Argentina terma jamoasi darvozaboni: «Jarohat meni bezovta qilyapti, lekin o'yinimga ta'sir qilishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilyapman»

Argentina terma jamoasi darvozasini qo'riqlayotgan Emiliano Martines barmog'i singani sababli hanuzgacha og'riq sezayotganini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, darvozabon ushbu jarohatni «Aston Villa» tarkibida Evropa Ligasi finali oldidan o'tkazilgan chigalyozdi mashg'ulotlari paytida orttirib olgan edi. Argentinalik posbon AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan mundialda milliy terma jamoasi safida maydonga tushish uchun operatsiya qildirmaslikka qaror qilgan.
«Men hali ham odatdagi tartibda mashg'ulot o'tkaza olmayapman, ammo keyingi o'yinda barmoqni ushlab turuvchi moslamasiz o'ynay olaman. U juda noqulay, sababi u bilan qo'lqop juda keng bo'lib qoladi. Jarohat meni bezovta qilyapti, lekin maydondagi o'yinimga buning ta'siri sezilishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilyapman», — deya darvozabonning so'zlarini keltiradi TyC Sports.
Lionel Skaloni shogirdlari JCh-2026 guruh bosqichida uchta g'alabani qo'lga kiritishdi, Martines esa o'z darvozasidan atigi bitta to'p o'tkazib yubordi. Endi 1/16 finalda argentinaliklar Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar