FIFA 2026 yilgi jahon chempionati chorak final bosqichidan o'rin olgan Argentina – Shveytsariya bahsi uchun hakamlar brigadasini e'lon qildi.

Bu bellashuvda bosh hakami portugaliyalik Joau Pineyru bo'ladi. VAR tizimida ham portugaliyalik mutaxassislar — Brunu Jezush va Lusianu Mayya faoliyat olib boradi.

Hakam yordamchisi sifatida kanadalik Dryu Fisher, zaxira yordamchi hakam esa uning yurtdoshi Maykl Barvegen ishlaydi.

Shuningdek, FIFA Norvegiya – Angliya o'rtasidagi chorak final bahsiga frantsiyalik mashhur hakam Kleman Tyurpen tayinlanganini ham ma'lum qildi.

Manba: Stadion.uz